Angara
| Angara | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 1 779 |
| Maydoni | 1 040 000 km² |
| Suv sarfi | 4 518 m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Rossiya |
| Angara | |
Angara (buryatcha: Ангар мүрэн[1], evenkcha: Аӈара) — Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasidagi daryo.
Yeniseyning eng sersuv irmogʻi. Uzunligi 1779 kilometr. Havzasining maydoni 1,040 ming km². Baykal koʻlidan oqib chiqadi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Ilim, chapdan — Irkut, Belaya, Oka, Taseeva. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 5100 m³/sek. Quyi oqimida oktabr- noyabrda, Bratsk suv omborida noyabr-dekabrda muz bilan qoplanadi. Mayning 1-yarmidan muz eriy boshlaydi. Angaraning boshlanishidan quyi qismigacha suv omborlari kaskadi qurilgan. Angarada Irkutsk, Bratsk, Ust-Ilim GESlar ishlab turibdi, Boguchani GES qurilmoqda (1994). Angara boshlanish joyidan kemalar muntazam qatnab turadi. Asosiy pristanlari: Irkutsk, Angarsk, Balagansk, Bratsk. Angarada baliq koʻp.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „Откуда пошла Ангара. Ангара. Байкальский край — информационно-краеведческий портал“ (ru). baikalarea.ru. 2018-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-mart.