Kontent qismiga oʻtish

Kataniya

Kataniya
Image
37°30′9.61″N 15°5′14.17″E / 37.5026694°N 15.0872694°E / 37.5026694; 15.0872694
Kataniya xaritada
Image

Kataniya — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya orolning sharqiy sohilida. Etna vulkanining etagida. Kataniya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 330 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari).

Kataniya — transport yoʻllarining muhim tuguni. Oʻrta dengiz sohilidagi port. Kema remonti, verf, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo va radioelektronika sanoati, oziq-ovqat, shoyi va ip gazlama, yogʻochsozlik, keramika korxonalari, vagon remonti ustaxonalari mavjud. Shahar yakinida tabiiy gaz konlari topilgan.

Universitet (XV asrdan), astrofizika rasadxonasi, vulkanologiya instituti, konservatoriya, opera teatri, botanika bogʻi bor. Yunon va Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklarining qoldiqlari, qasr (XIV asr), sobor (11 — XVIII asrlar) saqlangan. K.ga mil. av. VIII asrda asos solingan. Kataniya oʻzining musiqa anʼanalari bilan mashhur.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil