Kubango
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
| Kubango | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Angola, Botsvana va Namibiya |
| Kubango | |
Kubango, Okanango — Afrikadagi daryo. Angola, Namibiya va Botsvana hududlaridan oqadi. Oʻz. 1600 km, havzasining maydoni 800 ming km² atrofida. Angola hududidagi Biye yassitogʻligidan boshlanadi, yuqori qismida serostona. Kalahari ichki oqim oblastida botqoqli delta hosil qilib tugaydi. Deltasining jan. tarmogʻi Ngami koʻliga, shim. vaqt-vaqti bilan Kvando daryosiga kuyiladi. Botletle tarmogʻi esa Makgadikgadi botigʻidagi botqoqliklarni suv bilan toʻyintiradi. Asosiy irmogʻi — Kvito (chapdan). Yozgi yomgʻirli mavsumlarda toshadi. Oʻrtacha suv sarfi 255 m³/sek[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |