Makenzi, Makkenzi, Mackenzie - Kanadaning shim.-gʻarbidagi dare. Katta Qullar koʻlidan boshlanib, Makenzi pasttekisligidan oqadi va Shimoliy Muz oke-anining Bofort dengiziga quyiladi. Uzunligi 1770km, Pisriver irmogʻi bilan birga 4250km, havzasining maydoni (Katta Qullar koʻli havzasiga kiruvchi Qullar, Pisriver va Atabaska daryolari sistemasi bilan birga) 1804 ming km². Vodiysi botkrklangan, qoraqaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahor va yozda sersuv boʻladi. Oʻrtacha suv sarfi 11 ming m³/s Oktabrdan may oyigacha muzlaydi. 2200km masofada (deltasi va irmoqlari bilan birga) kema qatnaydi. Shotland savdogari va sayyohi A. Makenzi 1789-yilda daryoning boshlanishidan quyilish joyigacha bosib oʻtgan.[1]