Pastel
Qiyofa

Pastel (fransuzcha: pastel — „xamir“) — rasm ishlashda foydalaniladigan gʻilofsiz yumshoq, rangli maxsus qalam; P. bilan rasm chizish usuli; shuningdek, shu usulda ishlangan sanʼat asari. G‘adir-budur qogʻoz, karton, gruntlangan mato, teri, pergamentga chiziladi, boʻyoq qatlami purkagich bilan fiksativ sepib mustahkamlanadi. Shtrixlardan keng foydalanish P.ni fafikaga yaqinlashtiradi. taxminan XV asrning 2-yarmida yuzaga kelgan, XVII asrdan tasviriy anʼanalari kuchaydi. Nafis va jozibali usuli, mayin bezagi rasomlarni oʻziga jalb qiladi. J.Fuke, J.Sharden, E.Delakrua, E.Mane va boshqa asarlari mashhur. Oʻzbekistonlik rassomlardan R. Ahmedov, J. Umarbekov, B. Jalilov va boshqa P.da samarali ijod qiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |