Kontent qismiga oʻtish

Peshovar

Peshovar
urducha: پشاور
Shahar
Maʼmuriy markazi Peshovar
Aholi (2023) 1 970 042
Zichligi auto kishi./km²
Millatlar tarkibi

pushtunlar — asosiy

 panjobliklar
muhajirlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 PK-KP
Xaritada
34°0′52″N 71°34′3″E / 34.01444°N 71.56750°E / 34.01444; 71.56750
🌈 Rangli statistik panel
🧮 Aholi1,970,042
📈 O‘sish↗ 2.4%
💰 YIM~$9–11 mlrd

PeshovarPokistonning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Bar daryosi (Kobulning irmogʻi) boʻyida, Haybar dovonidan 18 km narida, Shim.-gʻarbiy Chegara viloyatining maʼmuriy markazi.

Aholisi 988 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. K,.x. (bugʻdoy, makkajoʻxo-ri, shakarqamish, tamaki) rayonining savdosanoat markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, metal-lsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda nafis shoyi, ip gazlama, movut, charm, metall va kulolchilik buyumlari ishlab chikariladi. P. qadimda va oʻrta asrlarda Af-gʻoniston, Eron va Turkistondan Hindistonga borishda savdo karvonlarining toʻxtab oʻtadigan joyi boʻlgan. P.ning qad. nomi — Purushapura. I asrda Kushon podsholigi poytaxti. Bo-buriylar davrida muhim savdo shahri edi. 1849—1947-yillarda shahar in-glizlarning Britaniya Hindistoni shim.-gʻarbidagi tayanch punkti. P.da universitet (1950), islom kolleji, ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalar, mu-zeylar bor. Shaharning qad. qismi 16 darvozali devor bilan oʻralgan. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa (XVI asr boshlari), Mahobatxon masjidi (XVII asr) saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil