Kontent qismiga oʻtish

Talmud

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Talmud (qad. yahudiycha lameyd — oʻrganish, taʼlimot) — iudaizmda muqaddas hisoblanadigan koʻp jildli diniy yozuvlar toʻplami. Miloddan avval IV-asrdan mil. V asrgacha yahudiy ruhoniylarning Tavrotni sharxlashi va qayta izoxlashi natijasida vujudga kelgan. T. iudaizm diniga xos aqidalar, ibodat va marosim talablari, axloqiy, huquqiy meʼyorlarni oʻz ichiga oladi.