Kontent qismiga oʻtish

Valaxiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Valaxiya — Ruminiyaning janubidagi tarixiy viloyat. Karpat togʻlari bilan Dunay daryosi oraligʻida joylashgan; Olt daryosi V.ni oʻrtasidan ikkiga (Munteniya va Olteniya) ajratadi. V. XIV asrdan knyazlik, XVI asrdan Turkiya hukmronligi ostida. Adrianopol sulh shartnomasi (1829 yil)ga koʻra, amalda muxtoriyat huquqini olgan (1856 yilgacha Rossiya vasiyligida boʻlgan). 1859—61 yillarda Moldova bilan yagona davlat boʻlib birlashgan (1862 yil yanvardan — Ruminiya knyazligi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil