Kontent qismiga oʻtish

Vatan

Vikiiqtibosdan olingan
Vatan
Qardosh loyihalar

Vatan  (arab tilidan "ona yurt" deb tarjima qilinadi) -kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui.

Alifbo tartibi boʻyicha:
A · B · D · E · F · G · H · I · J · K · L · M · N · O · P · Q · R · S · T · U · V · X · Y · Z · · · Sh · Ch · ng · Yana qarang · Havolalar

Agar hayot goʻzalligii haqida soʻz boradigan boʻlsa, vatan uchun kurashda fidokorlik koʻrsata bilish goʻzal hayotning eng yuksak namunasidir[1].

Begona yurt vatan boʻla olmaydi[1].

Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidir; lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina „Vatan“ otli soʻzda mujassamlashgandir. Vatanga nafi tekkudek boʻlsa, — axir qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?[1].

Bizni ona yangligʻ oq yuvib, oq taragan vatanni sevmoq, bu muqaddas burchdir[2].

Bizning mamlakatimizdan boshqa turli xil davlat va oʻlkalar ko‘p, lekin insonning tuqqan onasi ham, uning vatani ham bitta[2].

Eng maqbul fazilat — vatanga va odamzodga koʻrsatilgan xizmatda[1].

Eng yoqimli va dolzarb ishlar ham vatanga xavf soluvchi xatar oldida nari surib qoʻyiladi[1].

Faqat hamiyatsiz odamlargina vatan tuygʻusining goʻzal va yuksakligini his etolmaydilar[3].

Har bir olijanob shaxs vatan bilan oʻzining qondosh aloqasini, jondoshligini teran his qiladi[2].

Har kimning hayoti vatanga tegishlidir, binobarin, abjirlik emas, balki rasmana dovyuraklik unga foyda keltiradi[1].

Harqalay, eng muhimi: vatanga muhabbating, muhabbating va yana muhabbatingdir! Binobarin, shu muhabbat senga kuch-quvvat beradi, qolgan hammasini ham osongina hal qilasan[1].

Kimda oʻz yurtiga boʻlmasa mehr,
U qalban shikasta, u qalban majruh[3].

Kim vatanni xor qilsa — u oilasidan ham ayriladi[3].

Kim oʻz vataniga daxldor boʻlmasa, u insoniyatga ham daxldor emas[3].

Kim oʻz yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi[3].

Maʼrifatli xalqlarning haqiqiy jasorati vatan yoʻlida qurbon boʻlishga hozir ekanliklarida aks etadi[1].

Vatandan tashqarida baxt yoʻq, har kim jonajon yerida ildiz otsin[1].

Vatanga boʻlgan muhabbatim meni xorijiylar yutugʻidan koʻz yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli boʻlsa, vatanimni jahondagi gʻaznalar bilan yanada shunchalik boyitgim keladi[4].

Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizgʻinlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va maʼrifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizgʻin hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yoʻliga gʻov tushayotgan narsalarga qahrli boʻlmoqlikdir[5].

Vatanga muhabbat — butunning bir boʻlagi singari, odamzodga boʻlgan mehru muhabbatdan vujudga kelishi kerak[6].

Vatanga muhabbatdan iborat boʻlgan qonuniy ravishdagi xalq gʻururi oʻz-oʻziga bino qoʻyishdan mutlaqo farq qilishi kerak; biri ezgulik, ikkinchisi esa taraqqiyotga toʻsqinlik qiluvchidir...[7]

Vatanga muhabbat mavhum tushuncha boʻlmay, tashkilotchilikni, taraqqiyot va madaniyatni talab qiladigan real ruhiy qudratdir[5].

Vatanga nafi yoʻq yashalgan har kun,
Inson hayotida qolur bemazmun[8].

Vatanga xiyonat qilmoq uchun qalban gʻoyatdan tuban boʻlmoq kerak[3].

Vatanini sevuvchi har bir grajdanin oʻz yuragida soxtagarchilik emas, — chinakam sevgi degan shiorni olib yurmogʻi kerak. Ham ilmiy jihatdan, ham axloqiy jihatdan haqiqatga xizmat qilmoq darkor. Inson boʻlmoq darkor[9].

Vatan nima demak? Bu, oʻzining tarixiy harakatini mazkur maydonda kamolga yetkazadigan bus-butun xalqdir. Bu, xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagidir. Bu, uning rang-barang madaniyati, tili, xarakteri, bu, u tomondan amalga oshirilgan inqilobiy maqsad, tarixiy oʻzgarishlar va uning tarixidagi muhim bosqichlaridir[10].

Vatan oldidagi burch inson uchun muqaddasdir[8].

Vatanparvarlikning kuchi uning zamiridagi shaxsiy mehnat qimmati bilan proportsionaldir: daydi va tekinxoʻrlarga vatan tuygʻusi hamisha yot boʻlgan[3].

Vatanparvarlik — nomusli va nazokatli tuygʻudir... Muqaddas soʻzlarni ehtiyot qil, vatanga muhabbat xususida duch kelgan joyda ogʻiz koʻpirtirma. Yaxshisi — uning farovonligi va qudrati yoʻlida indamaygina mehnat qil[5].

Vatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan kishidir, vatan esa bu avvalambor xalqdir[5].

Vatan sorigʻa yetkurdim qadamni,
Koʻngulga sabt etib sonsiz olamni[11].

Vatan sogʻinchi hammaga bir xilda taʼsir qiladi: u oʻtmish manazaralarini ideallashtirilgan holda jilolantiradi, uning fazilatlari oshaveradi, kamchiliklari esa vaqt va masofa taqozosi bilan xiralashib boraveradi, oxiri tasavvurimizdan butkul oʻchib yoʻqoladi[3].

Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan uyg‘unlashib ketadi. Bilim nuridan bahramand bo‘lgan xalq, bu bilan yon beridagi qo‘shnilariga ziyon keltirmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma'rifatli bo‘lishsa, bir-birlari bilan til topishib, yanada qudratliroq kuchga aylanadilar, olamshumul tafakkur yanada ravnaq topadi.

Vatan uchun chala ish qilish, uning uchun hech nima qilmaslikdir[5].

Vataningda o‘tmishing ham, kelajaging ham bor. Begona yurtda — faqat hozirgi kuning.

Vatan gʻoyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fikr uygʻotadi, nopok kishilarni esa, agar vatan gʻoyasi boʻlmaganda qilishlari aniq boʻlgan koʻpgina qabihliklardan saqlaydi[8].

Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yana-da shunchalik boyitgim keladi.

Volter

Vatan gʻoyasi shonli yillarda ham, kundalik hayotda ham uning farzandlariga birdek hos boʻlmogʻi zarur, binobarin, bu gʻoyani chinakam his etgandagina kishi oʻzini grajdan deya hisoblashga haqlidir[8].

Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.

Oʻzingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan[1].

O‘zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevibroq tasavvur qilasan.

Oʻz vataniga dogʻ tushirish — uni sotish degan soʻz[3].

Oʻz vataningning farzandi boʻl, qadrdon tuproq bilan chambarchas bogʻliqligingni teran his qil, unga farzandona munosabatda boʻl, undan nima olsang, yuz hissa ortigʻi bilan qaytar[2].

Oʻz yurtidan yuz oʻgirganlar oʻz vijdonlaridan ham yuz oʻgiradilar[3].

Shunday jinoyat borki, uni oqlab boʻlmaydi, — bu vatanga xiyonatdir[3].

Choʻlda oʻrmalab yurgan jonivorlar ham tugʻilishdanoq oʻz makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham oʻz oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga oʻxshashlar ham oʻz uyalarini muhofaza qiladilar, — shuning kabi odamlar ham qayerda tugʻilib parvarish topsalar, — oʻsha joyga cheksiz mehr qoʻygan boʻladilar[2].

Yana qarang

[tahrirlash]

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Voronsov 1989, s. 20.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Voronsov 1989, s. 17.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 Voronsov 1989, s. 21.
  4. Voronsov 1989, s. 25.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Voronsov 1989, s. 19.
  6. Voronsov 1989, s. 24.
  7. Voronsov 1989, ss. 24–25.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Voronsov 1989, s. 18.
  9. Voronsov 1989, s. 34.
  10. Voronsov 1989, ss. 16–17.
  11. Xomidiy & Hasaniy 1997, s. 70.

Adabiyotlar

[tahrirlash]