varrak
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]var-rak
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]VARRAK 'maʼlum hajmdagi qogʻozga qamish choʻpla— rini belgili tartibda yopipggirib yasalgan va shamolda ip qoʻyib uchiriladigan oʻyinchoq’. Shamol kelmas, koʻ— tarilmas daka varragim (Gʻafur Gʻulom). Bu ot vär-vär tovushga taqlid soʻziga -(M)k qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan, shundan keyin takrorlanuvchi qismlar chiziqchasiz yozilgan, oxiri ikkinchi qism boshlanishi-dagi vä tovushlari talaffuz qilinmay qoʻygan: (vär—vär) + äk > värväräk > värräk.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Bir taxta yupqa qogʻozga yoki matoga qamish yoki savagʻich choʻplarini belgili tartibda qoʻyib, yelimlab tayyorlanadigan va ipga ulab, shamolda uchiriladigan oʻyinchoq; varvarak. ◆ Varrak uchirmoq. ◆ Shamol kelmas, koʻtarilmas doka varragim, Dardarakday tipirchilar, toshar yuragim. Gʻafur Gʻulom ◆ Bir vaqtlar u oʻsha tom ustida varrak uchirardi. O‘tkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ВАРРАК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.