Akko
Qiyofa
Akka – Oʻrta dengiz sohilidagi shahar. Isroil davlatida. Qadimda Akko deb atalgan. Janubiy Finikiyaning yirik savdo markazi boʻlgan. Ilk bor mil. av. XV asr ga oid manbalarda zikr qilinadi. Mil. av. VIII—IV asrlarda A. Tir shahar davlati, mil. av. III asrda esa Ptolemeylar tasarrufida boʻlib, Ptolemaida deb atalgan. Mil. av. II—I asr boshlarida sa-lavkiylarga, mil. av. 63 yildan Rimga tobe boʻlgan. 638 yil arablar egallagan, 1104-87 va 1191-1291-yillarda salibchilar qoʻl ostida boʻlgan. 1516–1918-yillarda Us-monli turk saltanati tarkibida. 1799-yil A. (u paytda Sen-Jan-d’Akr deb atalgan) Napoleon Bonapart armiyasining 3 oylik qamaliga bardosh berib, dushmanni chekinishga majbur qilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |