Amalgama
Qiyofa
Amalgama (lotincha amalgama — qotishma) — simobning boshqa metallar bilan qotishmasi. Amalgamani sunʼiy yoʻl bilan ham olish mumkin. Bunday Amalgama tarkibidagi simob va boshqa metallarning miqdoriga qarab, uy temperaturasi (18-20°)da suyuq, quyuq va qattiq holda boʻlishi mumkin. Amalgama metall buyumlarga oltin yugurtirishda, koʻzgu tayyorlashda, rangli metallurgiya (amalgamatsiya)da, sunʼiy tish yasashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |