Arzirum
Arzirum – Turkiyaning shimoli-sharqidagi shahar. Arzirum elining ma’muriy markazi. Aholisi 242 ming kishi (1990). Temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnchilik, mebel va metallsozlik korxo-nalari bor; vagon va lokomotivlar ta’mirlanadi. Universitet bor. A. yaqinida temir rudasi koni topilgan. A. qadimda turli davlatlar tarkibida boʻlib ketgan va har xil nom bilan atalgan. XI asrda saljuqiylar qoʻl ostiga oʻtgach, hozirgi nom bilan atalgan. 1514-yildan Usmonlilar saltanati tarki-bida. A. va uning atrofi bir necha marta urush maydoni boʻlgan. A.ni 1829, 1878, 1916–18 yillarda rus qoʻshinlari bosib olgan. Kamolchilar inqilobi davrida, ya’ni 1919-yildan inqilobchilarning aso-siy markazlaridan biri boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |