Kontent qismiga oʻtish

Assit

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Assit
Image
Sirroz bilan ogʻrigan bemor qorni. Massiv assit va yuzaki venalar koʻrinib turibdi.
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Gastroenterologiya
KXK-10 R18
KXK-9 789.5
DiseasesDB 943
MedlinePlus 000286
eMedicine ped/2927 med/173
Patient UK Assit
MeSH D001201

Assit (yunoncha askos — qorin) — qorin istisqosi, kattalashishi. Qorin boʻshligʻida tiniq rangsiz yoki och sariq suyuqlik yigʻilishi natijasida qorinda shish. Assitga yurak xastaliklari, jigar sirrozi, jigar umumiy kasalliklari, nafas yoʻllari va oʻpkaning surunkali kasalliklari, buyrak kasalliklari (nefroz va nefrit), qorin boʻshligʻi aʼzolari oʻsmalari, sil va boshqa kasalliklar sabab kelib chiqishi mumkin (yana qarang Istisqo)[1].

Qorinda asosiy koʻrinadigan belgi shish hisoblanadi. Qorin yumshoq holatda, ichida suyuqlik bilinadi. Yuzaki venalar boʻrtgani yaqqol tashqi tomondan koʻrinadi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil