Azurit
Qiyofa
|
| |
| Asosiy | |
|---|---|
| Formulasi | Cu3(CO3)2(OH)2 |
| Molekulyar massasi | 344.67 g/mol |
| IMA maqomi | Azu[1] |
| Guruh | Karbonat minerali |
| Fizik xususiyatlari | |
| Rangi | To‘q ko‘k, ko‘k ba'zan yashil |
| Shaffoflik | Shaffof emas |
| Qattiqlik | 3,5—4 |
| Zichligi | 3,5-4 g/sm³ |
| singoniyasi | Monoklinik |
Azurit (frans. L’azur, arab, loju-vard – havo rang tosh, lazur) – mineral. Qattiqligi 3,5–4. S.ogʻ.–3,89. Rangi toʻq koʻk. Monoklin sistemasida taxtacha va prizmalar hosil qilib kristallanadi. Koʻpincha kukunsimon uyum holda uchraydi. Oynasimon yaltiraydi. Kislotalarda uglekislota chiqarib yengil eriydi. Yer ustida misning birlamchi ruda minerali – xalkopirit, bornit, xira rangli rudalar va boshqalarning oksidlanishi hisobiga hosil boʻladi. Azurit bilan yonma-yon tugʻma mis, malaxit, kuprit, xrizokola va boshqa mis rudalarining oksidlanish zonasida uchraydi. Azuritning tarkibida mis 55,3%. Azurit mis olish, toʻtiyo va koʻk rang ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Warr, L.N. (2021). "IMA–CNMNC approved mineral symbols". Mineralogical Magazine 85 (3): 291–320. doi:10.1180/mgm.2021.43. https://www.cambridge.org/core/journals/mineralogical-magazine/article/imacnmnc-approved-mineral-symbols/62311F45ED37831D78603C6E6B25EE0A.