Kontent qismiga oʻtish

Finlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Finlar (oʻzlarini suomalayset deb atashadi) — xalq, Finlandiyaning asosiy aholisi (4,65 mln. kishi), umumiy soni 5,43 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasi da 47,1 ming kishi (1989). Fin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — protestantlar (lyuteranlar). Boltiqboʻyi fin xalqlarining ajdodlari Finlandiyaning janubiga miloddan avvalgi 3 ming yillikda kelib joylashgan. Ular asta sekin shim.ga siljib, hozirgi saamlar (loparlar) ajdodlarini siqib chiqarishgan. Janubi-gʻarbiy (sumi yoxud suomi), markaziy (yemi — yoxud xyame), sharqiy (korela yoxud karyala qabilalari gʻarbiy guruhi) qabila guruhlarining birlashuvi negizida fin elati shakllangan. F.ning koʻpchiligi sanoatda band.