Kontent qismiga oʻtish

Gerullar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gerullar, erullar (lotincha Heruli, Eruli) —dastlab Shimoliy Yevropada yashagan german kabilasi. III asrda G. (danlar siquvi natijasida) jan.ga qarab siljishgan. Sh ar qi y G. gotlar bilan birga Rim imperiyasi hududiga bostirib kirishda qatnashgan, keyinchalik gunnlar tomonidan boʻysundirilgan. Gunn qabilalar birlashmasi parchalanib ketgach, taxminan 500 yilda G. Dunayda oʻz "podshohlik"larini tuzishgan, ular VI asr boshida langobardlar tomonidan tor-mor qilingan. Gʻarbiy G. (286 yil Galliyada qayd etilgan) VI asr boshida franklar tomonidan tobe etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil