Henry Corbin
| Henry Corbin | |
|---|---|
| Tavalludi |
14-aprel 1903 Parij, Fransiya |
| Vafoti |
7-oktyabr 1978-yil (75 yoshda) Parij, Fransiya |
| Fuqaroligi | Fransiya |
| Era | XX asr falsafasi |
| Gʻarb falsafasi, Yaqin Sharq falsafasi (Eron falsafasi) | |
Henry Corbin (14-aprel 1903 – 7-oktyabr 1978)[1] fransuz faylasufi, ilohiyotshunos va eronshunos, École pratique des hautes étudesda islomshunoslik professori edi. U anʼanaviy islom falsafasining zamonaviy tadqiqotini dastlabki falsafadan keyingi va „mistik“ siymolargacha, masalan, Suhravardiy, Ibn Arabiy va Mulla Sadr Sheroziygacha kengaytirishda taʼsir koʻrsatgan. Histoire de la philosophie islamique (1964) kabi asarlari bilan u islom olamida falsafa Averroes[2] va Ibn Sinodan keyin tanazzulga uchradi degan Yevropada keng tarqalgan qarashni shubha ostiga olgan.
Henry Corbin katolik oilada tugʻilib, 1927–1930-yillar orasida protestantlikka oʻtdi[1]. U katolik taʼlimi olib, 19 yoshida Parij katolik institutidan sxolastik falsafa boʻyicha sertifikat oldi. Uch yildan soʻng u tomist mutafakkir Étienne Gilson qoʻl ostida „license de philosophie“ darajasini oldi. U zamonaviy falsafani, jumladan germenevtika va fenomenologiyani oʻrgandi va Martin Haydeggerning birinchi fransuz tarjimoni boʻldi. 1929-yil 13-oktabrda Lui Massinyon (Sorbonnadagi islomshunoslik boʻlimi direktori) uni XII asr fors musulmon mutafakkiri Suhravardiy bilan tanishtirdi. BU davrdagi bir suhbatida Corbin shunday degan: „Suhravardiy bilan uchrashuvim orqali mening maʼnaviy taqdirim … muhrlandi. Qadimgi Forsning zardushtiy farishtashunosligi tili bilan ifodalangan platonchilik men izlab yurgan yoʻlni yoritdi.“[3][4]. Shundan soʻng u oʻzini eron islomini tushunishga bagʻishladi, uning fikricha, u botiniy tarzda qadimiy abadiy haqiqatlarni, zardushtiylik va platonchilik bilan bogʻliq qarashlarni ifodalar edi.
Corbin muntazam ravishda Eronda boʻlib, shia mutafakkirlari – Muhammad Husayn Tabataboyi va Sayyid Husayn Nasr bilan hamkorlik qilgan. U, shuningdek, Carl Jung tashabbusi bilan tashkil etilgan Yevropadagi Eranos olimlar doirasida ham yetakchi shaxs boʻldi, u Jungning kollektiv ongsizlik va faol tasavvur kabi nazariyalarini qadrlagan. Islom tafakkuridan tashqari, Corbin xristian mistitsizmi, ayniqsa Emanuel Svedenborg va Muqaddas Graal haqida yozgan[5].
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Corbinning falsafiy hayoti va faoliyatini uch bosqichga boʻlish mumkin. Birinchisi 1920–1930-yillar boʻlib, u davrda u Gʻarb falsafasini oʻrgandi va dars berdi. Ikkinchi bosqich 1939–1946-yillar boʻlib, u paytda u Shahobiddin Suhravardiy va Ishroq maktabini oʻrgandi hamda Istanbulda yashadi. Soʻnggi bosqich 1946-yildan boshlanib, umrining oxirigacha davom etadi, bu davrda u Sharqiy va islom falsafasini tadqiq etib, qayta kashf etdi[6].
1933-yilda u Stella Leenhardtga uylanadi. 1938-yilda u Martin Haydegger asarlaridan birini fransuz tiliga ilk bor tarjima qilib tugatadi (Was ist Metaphysik? asarini Qu’est-ce que la metaphysique? tarzida)[1]. 1939-yilda Corbin rafiqasi bilan birga Istanbulga, 1945-yilda esa Tehronga safar qiladi. Ular bir yil oʻtib, 1946-yil iyulda Parijga qaytadilar. 1949-yilda Corbin Shveysariyaning Askona shahrida oʻtkaziladigan yillik Eranos konferensiyalarida ilk bor ishtirok etdi. 1954-yilda u Parijdagi École Pratique des Hautes Étudesda Islom va Arabiston diniy anʼanalari kafedrasida Lui Massinyon oʻrnini egalladi. 1950-yillardan boshlab u kuzni Tehronda, qishni Parijda, bahorni esa Askonada oʻtkazdi.
Ingliz tilida soʻzlashuvchi dunyoda uning shuhrati asosan 1950-yillarda fransuz tilida ilk bor chop etilgan uch asosiy asariga tayangan: Avicenna and the Visionary Recital („Ibn Sino va roʻyoviy rivoyat“), Creative Imagination in the Sufism of Ibn 'Arabi („Ibn Arabiy tasavvufida ijodiy tasavvur“) va Spiritual Body and Celestial Earth („Ruhiy tan va samoviy yer“). Markaziy Osiyo va Eron tasavvufi haqidagi uning keyingi yirik asari ingliz tilida Ziya Inoyat Xonning kirish soʻzi bilan The Man of Light in Iranian Sufism nomi bilan nashr etilgan. Uning magnum opusi hisoblangan toʻrt jildlik En Islam Iranien: Aspects spirituels et philosophiques asari hali ingliz tiliga tarjima qilinmagan. U fransuz tilidan ikki marotaba, doktor Enshulloh Rahmatiy va Rezo Kuxkan tomonidan fors tiliga tarjima qilingan (toʻrtinchi jild hali tarjima qilinmagan)[7]. Corbin 1978-yil 7-oktyabrda vafot etgan[1][8].
Asosiy mavzular
[tahrir | manbasini tahrirlash]Corbin himoya qiladigan maʼnaviyat yadrosini tashkil etuvchi bir necha asosiy mavzular mavjud. Tasavvur Yaratilish bilan muloqot qilishning bosh vositasidir. Duo „ijodiy tasavvurning eng oliy amali“dir. U oʻzini protestant nasroniy deb bilgan, lekin tarixga nisbatan xristosentrik qarashdan voz kechgan. Uning Muqaddas Ruh haqidagi keng qamrovli ilohiyoti iudaizm, xristianlik va islomni oʻz ichiga oladi. U ilohiyotda shaxsga – Yagona Ilohiyning chekli timsoliga berilgan markaziy oʻrinni himoya qildi.
Uning mistitsizmi dunyodan voz kechuvchi zohidlik emas, aksincha, u butun olamni ilohiy teofaniya deb biladi. Bu qarash hozirda Yaratilish maʼnaviyati deb ataladigan yoʻnalish bilan koʻp jihatdan mushtarakdir, undagi Farishta – Muqaddas Ruh obrazi baʼzan Kosmik Masih deb ataladigan tushunchaga oʻxshashdir[9].
Merosi va taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Corbinning gʻoyalari uning hamkasblari, shogirdlari va ijodidan taʼsirlangan boshqa olimlar orqali davom etmoqda. Ayniqsa, 1974-yilda Sayyid Husayn Nasr tomonidan tashkil etilgan Imperator Eron falsafa akademiyasida ishlagan yillari muhimdir. U yerda u Gʻarbiy va Gʻarbdan boʻlmagan olimlar – William Chittick, Toshihiko Izutsu, Sayyid Jaloliddin Ashtiyoniy, Abbos Zaryob, Toshio Kuroda va boshqalar bilan hamkorlik qildi[10]. U, shuningdek, Peter Lamborn Wilsonga taʼsir koʻrsatdi[11][12][13]. Wilsen Eron davrida Corbin qoʻl ostida tahsil olgan va keyinchalik 1981-yilda Temenos akademiyasining Temenos jurnalining ilk sonida Corbin asarlari haqida sharhlar chop etgan[14][15]. Temenos jurnali, xususan, Peter Russell, Liadain Sherrard va Kathleen Raine tomonidan 1981–1992-yillar oraligʻida tayyorlangan Corbin matnlarining inglizcha tarjimalarini ham eʼlon qilgan[16][17][18][19][20][21]. Jurnal 1998-yilda Temenos Academy Review nomi bilan qayta yoʻlga qoʻyildi va 1998–2009-yillar oraligʻida Kathleen Raine va Christine Rhone tomonidan tayyorlangan Corbin matnlarining tarjimalarini chop etishda davom etdi[22]. Tasavvuf va islomiy tafakkur tadqiqotchilaridan yana bir qator olimlar – Christian Jambet, Muhammad Ali Amir-Moezziy, Hermann Landolt, Pierre Lory, James Cowan, James Morris va Todd Lawson – Corbin taʼsirini oʻz ishlarida aks ettirishgan.
Corbin James Hillman va boshqa olimlarning Carl Jung psixologiyasini rivojlantirishda asos boʻlgan arxetipik psixologiyasi uchun muhim manba boʻlgan. Bundan tashqari, Corbin fransuz psixoanalitigi, Sigmund Freudning fransuzcha qayta talqinchisi Jacques Lacanning yaqin doʻsti edi, bu Jacques Lacanga islom tafakkuri bilan tanishish imkonini berdi[23][24][25][26] Behruz Gʻamariy-Tabriziy soʻzlariga koʻra, Michel Foucaultning Eron inqilobi haqida yozar ekan, undan foydalangan shia islomi haqidagi mistik tasavvuri Louis Massignon va Henry Corbin ilmiy ishlari taʼsiri ostida shakllangan[27]. Amerikalik adabiyot tanqidchisi Harold Bloom oʻzining tushunchalarida, xususan, gnostitsizm talqinida Corbin taʼsirini alohida qayd etadi, amerikalik shoir Charles Olson esa Corbinning Avicenna and the Visionary Recital asarini oʻrgangan talabalaridan boʻlgan. Fransiyadagi doʻst va hamkasblari Corbinning merosini davom ettirish uchun, uchrashuvlar, kollokviumlar va oʻlimidan keyingi asarlarini nashr etish maqsadida L’Association des Amis de Henry et Stella Corbin jamiyatini tuzdilar[28][29][30].
Corbin ishlariga bir qator mualliflar, jumladan, Steven M. Wasserstrom tomonidan tanqid qilingan. Corbinning ilmiy xolisligi uning ham shia xolisligiga shubha bilan qarashlari, hamda oʻz ilohiy kun tartibini ilgari surgani bois savol ostiga olingan. Uni tarixiy jihatdan soddadillikda va siyosiy jihatdan xavfli darajada reaksionerlikda ayblashgan. Siyosiy qarashlari va oʻzining maʼnaviyatida uni ham iron millatchisi, ham elitarlikda ayblaganlar. Lory va Subtelny kabi tadqiqotchilar esa Corbinni himoya qilib, unga javoban maqolalar yozgan[31][32].
Tanlangan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Avicenna and the Visionary Recital. Princeton University Press, 1960.
- Histoire de la philosophie Islamique. Gallimard, 1964. (1993-yilda Kegan Paul tomonidan History of Islamic Philosophy nomi bilan qayta nashr etilgan ISBN 0-7103-0416-1..)
- Creative Imagination in the Sufism of Ibn 'Arabi. Princeton University Press, 1969. (1998-yilda Alone with the Alone nomi bilan qayta nashr etilgan.)
- En Islam Iranien: Aspects spirituels et philosophiques (4 jild). Gallimard, 1971–73.
- Spiritual Body and Celestial Earth: From Mazdean Iran to Shi’ite Iran. Princeton University Press, 1977.
- Le Paradoxe du Monothéisme. l’Herne, 1981.
- Cyclical Time and Ismaili Gnosis. KPI, 1983.
- L’Homme et Son Ange: Initiation et Chevalerie Spirituelle. Fayard, 1983.
- Face de Dieu, Face de l’homme: Hermeneutique et soufisme. Flammarion, 1983.
- Temple and Contemplation. KPI, 1986.
- The Man of Light in Iranian Sufism. Omega Publications, 1994.
- Swedenborg and Esoteric Islam. Swedenborg Foundation, 1995.
Hujjatli filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharq izlovchisi, rejissor Masʼud Tohiriy, 2019
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 Shayegan, Daryush "Henry Corbin" in Encyclopaedia Iranica.
- ↑ Corbin, Henry. Encyclopedia of Religion.
- ↑ Cahiers de l'Herne no. 39: Henry Corbin (French). Paris: L'Herne, 1981 — 40–41-bet. ISBN 2851970399. English translation of the entire interview with Philippe Nemo courtesy of L'Association des Amis de Stella et Henry Corbin. Quoted in Cheetham, Tom, The World Turned Inside Out, p. xi.
- ↑ „Biographical post-scriptum to a philosophical interview“. L'Association des Amis de Stella et Henry Corbin. 2022-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
- ↑ Carey, John (2011). "Henry Corbin and the Secret of the Grail". Temenos Academy Review 14. Archived from the original on 2025-06-08. https://web.archive.org/web/20250608191858/https://www.temenosacademy.org/wp-content/uploads/JOHN-CAREY-Henry-Corbin-and-the-Secre-of-the-Grail_Optimized-Copy-Copy.pdf. Qaraldi: 2026-02-03.Henry Corbin]]
- ↑ Wasserstrom, Steven M.. Religion After Religion: Gershom Scholem, Mircea Eliade, and Henry Corbin at Eranos. Princeton University Press, 1999 — 145-bet. ISBN 978-0-691-00540-9.
- ↑ Corbin, Henry (1978) En Islam Iranien: Aspects spirituels et philosophiques Gallimard, Paris, OCLC 6776221
- ↑ Lakhani, M. Ali. The Corbin Trilogy by Thom Cheetham (Wayback Machine saytida 2019-07-18 sanasida arxivlangan). Review in Sacred Web, Volume 23, Summer 2009.
- ↑ Irib. ir, Henri Corbin view point on Isalam and Iran
- ↑ „History of the Institute of Iranian Philosophy“ (en). IRIP. 2025-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 3-fevral.
- ↑ Versluis, Arthur (2010). "A Conversation with Peter Lamborn Wilson". Journal for the Study of Radicalism 4 (2): 139–165. doi:10.1353/jsr.2010.0000. ISSN 1930-1197. https://muse.jhu.edu/article/431501/summary. Qaraldi: 15 April 2024.Henry Corbin]]
- ↑ Evans-Cockle, Matthew „La voie orientale du philosophe : phénoménologie de l'esprit, et philosophie prophétique dans l'enseignement d'henry corbin“ (fr-FR). Association des amis de Henry et Stella Corbin. 2024-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ Versluis, Arthur. American gurus: from American transcendentalism to new age religion. Oxford; New York: Oxford University Press, 2014 — 145-bet. ISBN 9780199368136.
- ↑ Wilson, Peter Lamborn „Henry Corbin and the Hermeneutics of Light“, . Temenos 1: A Review Devoted to the Arts of the Imagination. Wakins, 1981 — 229–2236-bet. ISBN 9780722401880.
- ↑ Wilson, Peter Lamborn „Guardian of the Temple“, . Temenos 8. United Kingdom: Watkins, 1987 — 242–246-bet.
- ↑ Corbin, Henry „Towards a Chart of the Imaginal“, . Temenos 1: A Review Devoted to the Arts of the Imagination. Wakins, 1981 — 23–36-bet. ISBN 9780722401880.
- ↑ Suhrawardi, Shihab al-Din Yahya ibn Habash „Epistle on the State of Childhood with Introduction, Presentation and Notes by Henry Corbin“, . Temenos 4. Wakins, 1983 — 53–76-bet. ISBN 9780000057938.
- ↑ Corbin, Henry „The Theory of Visionary Knowledge in Islamic Philosophy“, . Temenos 8, 1987 — 224–237-bet. ISBN 9780950905914.
- ↑ Corbin, Henry „Emblematic Cities“, . Temenos 10, 1989 — 11–24-bet. ISBN 9780950905976.
- ↑ Corbin, Henry „On the Meaning of Music in Persian Mysticism“, . Temenos 13, 1992 — 49–52-bet.
- ↑ Temenos: An Index, Volumes 1-13, 1981-1992. Temenos Academy, 2015. ISBN 9780992604660. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ „Henry Corbin in Temenos and The Temenos Academy Review“. henrycorbinproject.blogspot.com. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ Élisabeth Roudinesco, Jacques Lacan (Malden: Polity Press, 1999), 11, 89, 98, 435.
- ↑ Jacques Lacan, The Ethics of Psychoanalysis. Ed. by Jacques Alain-Miller. Trans. by Dennis Porter (New York: W. W. Norton & Company, 1992), 148-149.
- ↑ Jacques Lacan, Le Triomphe de La Religion précédé de Discours aux Catholiques [The Triumph of Religion preceded by Discourse to Catholics] (Paris: Seuil, 2005), 65.
- ↑ Abdesselem Rechak, Le grand secret de la psychanalyse (Mandeure: self-published, 2020).
- ↑ Ghamari-Tabrizi, Behrooz. Foucault in Iran (en). University of Minnesota Press, 2016 — 73-bet. ISBN 978-0-8166-9949-0.
- ↑ „Association des amis de Henry et Stella Corbin – Site officiel de Henry Corbin“ (en-US). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
- ↑ Amis Corbin (Wayback Machine saytida 2021-01-25 sanasida arxivlangan) (trans. Friends of Corbin) in French
- ↑ Henry Corbin and the Resolution of Modern Problems by Recourse to the Concept of the Imaginal Realm, by SEYYED MOHSEN MIRI, pdf[sayt ishlamaydi]
- ↑ Lory, Pierre (1999). Review of Wasserstrom’s book (Wayback Machine saytida 2026-02-18 sanasida arxivlangan).
- ↑ Subtelny, Maria E. „History and Religion: The Fallacy of Metaphysical Questions (A Review Article).“ Iranian Studies: March 2003, 36(1): 91-101.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Adams, Charles J. "The Hermeneutics of Henry Corbin, " Approaches to Islam in Religious Studies toʻplamida, Martin (tahr.), Arizona universiteti nashriyoti, 1985.
- Addas, Claude. Quest for the Red Sulphur: The Life of Ibn 'Arabi. Tarj. Piter Kingsli. Islamic Texts Society, 1993.
- Algar, Hamid. „The Study of Islam: The Work of Henry Corbin.“ Religious Studies Review 6(2) 1980: 85–91.
- Avens, Roberts. "The Subtle Realm: Corbin, Sufism and Swedenborg, " Robin Larson tahriri ostida chiqqan Immanuel Swedenborg: A Continuing Vision toʻplamida. Swedenborg Foundation, 1988.
- Amir-Moezzi, M., Kristian Jambet va Pyer Lori (tahr.). Henry Corbin: Philosophies et Sagesses des Religions du Livre. Brepols, 2005.
- Bamford, Christopher. "Esotericism Today: The Example of Henry Corbin, " Henry Corbinning The Voyage and the Messenger: Iran and Philosophy asarida. North Atlantic Books, 1998.
- Bloom, Harold. Omens of Millennium: The Gnosis of Angels, Dreams and Resurrection. Riverhead Books, 1996.
- Brown, Norman O. „The Prophetic Tradition“ va „The Apocalypse of Islam“ maqolalari Apocalypse and/or Metamorphosis kitobida. California universiteti nashriyoti, 1991.
- Camilleri, Sylvain va Proulx, Daniel. " Martin Heidegger et Henry Corbin : lettres et documents (1930-1941) ", Bulletin heideggérien jurnalida, 4-jild, 2014, 4–63-betlar.
- Cheetham, Tom. The World Turned Inside Out: Henry Corbin and Islamic Mysticism. Spring Journal Books, 2003.
- _____ Green Man, Earth Angel: The Prophetic Tradition and the Battle for the Soul of the World. SUNY Press, 2005.
- _____ After Prophecy: Imagination, Incarnation and the Unity of the Prophetic Tradition. Lectures for the Temenos Academy. Spring Journal Books, 2007.
- _____ All the World an Icon: Henry Corbin and the Angelic Function of Beings, North Atlantic Books, 2012.
- _____ Imaginal Love: The Meanings of Imagination in Henry Corbin and James Hillman, Spring Publications, 2015.
- Chittick, William. The Sufi Path of Knowledge: Ibn 'Arabi’s Metaphysics of the Imagination. SUNY Press, 1989.
- Chodkiewicz, Michel. An Ocean without Shore: Ibn 'Arabi, the Book and the Law. Tarj. Devid Streight. Islamic Texts Society, 1993.
- ______ Seal of the Saints: Prophethood and Sainthood in the Doctrine of Ibn 'Arabi. Tarj. Liadayn Sherrard. Islamic Texts Society, 1993.
- Corbin, H. (1969). Creative Imagination in the Sufism of Ibn `Arabi. (Tarj. R. Manheim. Asl fransuzcha nashr, 1958.) Princeton, NJ. Princeton University Press.
- Corbin, H. (1972). „Mundus Imaginalis, the Imaginary and the Imaginal“. Spring, 1972, 1–19-betlar. Nyu-York: Analytical Psychology Club of New York, Inc.
- Elmore, Gerald. Islamic Sainthood in the Fullness of Time: Ibn al-'Arabi’s Book of the Fabulous Gryphon. Brill, 1998.
- Jambet, Christian (tahr.). Henry Corbin. Cahier de l’Herne, 39-son. Genri Korbinga bagʻishlangan maxsus son, 1981.
- _____ La logique des Orientaux: Henry Corbin et la science des formes. Éditions du Seuil, 1983.
- Giuliano, Glauco. Il Pellegrinaggio in Oriente di Henry Corbin. Con una scelta di testi. Lavis (Trento-Italiya), La Finestra editrice, 2003.
- Giuliano, Glauco. Nîtârtha. Saggi per un pensiero eurasiatico. Lavis (Trento-Italiya), La Finestra editrice, 2004.
- Giuliano, Glauco. L’Immagine del Tempo in Henry Corbin. Verso unʼidiochronia angelomorfica. Milano-Udine, Mimesis, 2009.
- Landolt, Hermann. "Henry Corbin, 1903-1978: Between Philosophy and Orientalism, " Journal of the American Oriental Society, 119(3): 484–490, 1999.
- Morris, James. The Reflective Heart: Discovering Spiritual Intelligence in Ibn 'Arabi’s Meccan Illuminations. Fons Vitae, 2005.
- Nasr, Sayyid Husayn. "Henry Corbin: The Life and Works of the Occidental Exile in Quest of the Orient of Light, " 17-bob, S. H. Nasr, Traditional Islam in the Modern World asarida. KPI, 1987.
- Shayegan, Daryush. Henry Corbin penseur de l’Islam spirituel, Parij, Albin Michel, 2010, 428 bet.
- Suhrawardi, Yahyo ibn Habash. The philosophy of illumination: A new critical edition of the text of Hikmat al-Ishraq, inglizcha tarjima, izohlar, sharh va kirish soʻzi bilan, Jon Valbridj va Husayn Ziyoiy tomonidan. Brigham Young University Press, 1999.
- Varzi, Roxanne. „Iranʼs French Revolution: Religion, Philosophy, and Crowds“, The Annals of the American Academy of Political and Social Science, 637-jild, 1-son, 53–63-betlar, 2011-yil 25-iyul
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb-sayt
- Association des Amis de Henry et Stella Corbin (fransuzcha/inglizcha) (Wayback Machine saytida 2021-01-25 sanasida arxivlangan)
- Tom Cheethamning Corbin blogi
- The Legacy of Henry Corbin (Wayback Machine saytida 2019-04-11 sanasida arxivlangan)
- Maqolalar
- Corbin, Henry (1903–1978). Falsafa ensiklopediyasi.
- „Heideggerdan Suhravardiygacha“: Genri Korbin tafakkuri bilan tanishtirish (Wayback Machine saytida 2014-02-22 sanasida arxivlangan)
- „Xaydegger va yashirin imom oʻrtasida: Genri Korbinning mistik islomga yondashuvlari haqida mulohazalar“
| Umumiy mavzular | Sharq falsafasi · Gʻarb falsafasi | Falsafa tarixi: Antik · Oʻrta Asrlar · Oydinlashma ·Renessans ·XVII asr ·XVIII asr · XIX asr ·XX asr |
| Sohalar | Estetika · Etika · Epistemologiya · Mantiq · Metafizika · Taʼlim falsafasi · Tarix falsafasi · Til falsafasi · Huquq falsafasi · Fan falsafasi · Metafalsafa · Siyosat falsafasi · Din falsafasi · Urush falsafasi |
| Oqimlar | Tahliliy falsafa · Determinizm · Dialektik materializm · Ratsionalizm · Ekzistensializm ·Absurdizm ·Hegelchilik · Gumanizm · Idealizm · Materializm · Yangiaflotunchilik · Nigilizm · Fenomenologiya · Aflotunchilik · Pozitivizm · Postmodernizm · Pragmatizm · · Sxolastitsizm · Stoitsizm |
- 7-oktyabrda vafot etganlar
- 1978-yilda vafot etganlar
- Falsafa
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- 1903-yilda tugʻilganlar
- Parijda tugʻilgan yozuvchilar
- Parij katolik universiteti bitiruvchilari
- Parij universiteti bitiruvchilari
- Parij universiteti oʻqituvchilari
- Fransuz ezoteristlari
- Fransiyalik sharqshunoslar
- Fransuz din tarixchilari
- Fransuz islomshunos olimlari
- XX asr fransuz faylasuflari
- XX asr fransuz tarjimonlari
- Soʻfiy olimlar
- Ibn Arabiy tadqiqotchilari