Kontent qismiga oʻtish

Ikona

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ikona (yun. eikon — tasvir, obraz) — xristian diniga mansub dindorlar sajda qiladigan, choʻqinadigan Iso, Bibi Maryam va avliyolarning rangtasvir yoki boʻrtma tasviri. Diniy ikonaning eng qadimgisi II asrga mansub, IV asrda taraqqiy etgan. Tor maʼnoda — oʻrta asrlar sanʼatining oʻziga xos asari. Oʻrta asrlarda Yevropa tasviriy sanʼatining asosiy turi sifatida ahamiyat kasb etgan. Ikona tayyorlanadigan markazlar vujudga kelgan, bu markazlarda rassomlarning artel, sexlari shakllangan. Ikona cherkovlarning taʼsiri va moddiy mavqeini taʼminlovchi muhim manbalardan boʻlgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil