Kontent qismiga oʻtish

Kabel

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Image
Kabel

Kabel (gollandcha kabel — arqon, tros) — germetik himoyalangan qobiq ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. Kuch, aloqa va radiochastota kabellari, nazorat (tekshirish), oʻlchash kabeli va boshqa xillari bor. Bulardan tashqari, gaz va moy toʻldirilgan kabel ham boʻladi. Kabel koʻpincha mis yoki alyuminiydan, kamdankam poʻlat-mis va poʻlat-alyuminiydan tayyorlanadi. Vazifasiga koʻra, bir yoki koʻp simli, doyra va shakldor boʻladi. Izolyasiyalashda maxsus qogʻoz, rezina, plastmassa va boshqalar ishlatiladi. Simlarni nam va kimyoviy moddalar taʼsiridan himoya qiluvchi qobiq qoʻrgʻoshin, alyuminiy, plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. Kabelni mexanik taʼsirlar, korroziyalardan saqlash uchun ularga poʻlat lentalar yoki sim (zir\) lar oʻraladi va ularning ustidan plastmassa yoki qogʻoz lenta, jut va bitumlar qoplanadi.

Kuch kabeli bilan elektr energiyasi uzatiladi va taqsimlanadi; 1, 2, 3 (koʻp tarqalgani) va 4 simli boʻladi. Bunday kabelning tok oʻtkazadigan simlari mis yoki alyuminiydan tayyorlanib, sirti moykanifol modda yoki mineral moy shimdirilgan kabel qogʻozi, rezina yoxud plastmassa bilan qoplanadi. Odatda, kuch kabelining qobigʻi qoʻrgʻoshin, alyuminiy yoki plastmassadan koplanadi, qobiqusti esa kabel ipi va metall zirh bilan oʻraladi. Harakatlanuvchi obyektlar (parmalash mashinasi, ekskavator, koʻtargichlar)ga elektr energiya keltiriladigan kabel egiluvchan qobiqlar bilan qoplanadi.

Aloqa kabeli simli aloqada ishlatiladi. Tuzilishiga koʻra, simmetrik va koaksial kabel, chastotalar spektri boʻyicha past chastotali (10 kGs) va yuqori chastotali (10 kGs dan yukrri) xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, vdaharlararo aloqa kabeli va mahalliy (shahar va qishloq ichidagi st-yadan boshqariladigan, shaxta ichida va boshqalar), yer osti (zovurga yoki kabel kanalizatsiyasi inshootiga yotqiziladigan), xavodan tayanchlar orqali va suv ostidan (dare, dengiz va okean tublariga joylashtirib) oʻtkaziladigan xillari bor. Aloqa kabeli telefon va telegraf aloqada, televideniye va boshqalarda qoʻllanadi.

Radiochastota kabeli bilan radio va videosignallar uzatiladi. Radiochastotali koaksial kabel, radiochastotali simmetrik kabel, spiral kabel (spiralsimon ichki utkazgichli koaksial) xillarga bulinadi. Radiochastota kabeli orqali uzatiladigan signal chastotalari YukGs dan YugGs gacha boradi. Radiochastota kabeli radiotexnik va elektron apparaturalarning elementlarini oʻzaro tutashtirishda, bu apparaturalarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarga ulashda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil