Kontent qismiga oʻtish

Nineviya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nineviya (Ninua, Ninn) — qad. Ossuriyadagi shahar (hozirgi Iroqdagi Mosul shahri yaqinida). Miloddan avvalgi taxminan 5-ming yillikda asos solingan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikdan mixxat hujjatlarida qayd etilgan. Savdo yoʻllari kesishgan yerda joylashgani uchun Old Osiyoning tarixida muhim rol oʻynagan. Miloddan avvalgi IX asrdan ossuriy shohlari qarorgohi. Nineviyaning yuksalishi va ravnaq topishi, uni Ossuriya davlati va "jahon"ning poytaxtiga aylanishi miloddan avvalgi VIII—VIIasrlarga oiddir (Sinaxerib va uning vorislari davrida). Nineviyaning shimoliy qismida Sinaxeribning "janubi-gʻarbiy saroyi" va ichki qismi devorlari harbiy, ov va maishiy saqnalarni aks ettirgan juda koʻplab barelyeflar bilan bezatilgan. Ashshurbanipalning hashamatli "shimoliy saroyi" joylashgan. Ash-shurbanipal saroyida davlat arxivi va podshoh. kutubxonasi boʻlgan. Kutubxonada 20 mingdan ziyod "kitob" — mixxat sopol jadvalchalar boʻlgan. Nineviyaga Alloh Yunus alahissalomni payg‘ambar qilib yuborgan. (miloddan avvalgi 3-ming yillikdan boshlab qayd etilgan) va podshoh Asarxaddon saroyi qurilgan. Miloddan avvalgi 612 yil Nineviya Yangi Bobil podshosi Nabopalasar va Midiya podshosi — Kiaksar tomonidan yer bilan yakson qilingan. Rimliklar Nineviya oʻrnida Claudia Ninus harbiy koloniyasi (manzilgohi)ni barpo etganlar. N. harobalari Kuyunjik shahar harobasida oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil