Patna
Qiyofa

Patna — Hindistonning shim. qis-midagi shahar. Gang daryosining oʻng sohilidagi port. Bihar shtatining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. Aholisi 1,7 mln. kishi (2001). Ip gazlama, oziqovqat, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam va parcha toʻqiladi, mebel va metall buyumlar tayyorlanadi. Un-t (1917), muzey, noyob qoʻlyozma asarlar saqlanadigan kutubxona bor. Shaharga miloddan avvalgi V asrda asos solingan. Hozirgi nomi bilan XII asrdan maʼlum. Qadimda va ilk oʻrta asrlarda P. oʻrnida Maurya davlati poytaxti — Pataliputra shahri boʻlgan. Ashoka saroyi (miloddan avvalgi III asr) qoldiklari saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |