Provinsiya

Provinsiya (lotincha: provincia) — davlat yoki mamlakat ichidagi hududiy, koʻpincha maʼmuriy birlik.
Soʻzning kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu soʻz lotincha „provincia“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qadimgi Rimda Appenin yarim orolida joylashgan va Rimga boʻysingan, Rim tomonidan tayinlangan hokimlar boshqargan hududlar shunday nomlangan.
„Provincia“ soʻzi lotincha pro — („nomidan“) va vince — („ustidan nazorat qilish“) soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki provinsiya deb Rim nomidan boshqariladigan hududga aytilgan. Rim imperiyasi provinsiyalarga boʻlingan.[1]
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiyada „en province“ iborasi (oʻzbekcha: provinsiyada) hozir ham „Parijdan tashqarida“ maʼnosidini anglatadi[2] Oʻxshash iboralar Peruda „en provinsias“ (Limadan tashqarida), Meksikada „la provincia“ (Meksika tashqarisidagi yerlar), Ruminiyada „în provincie“ (Buxarestdan tashqarida), Polshada „prowincjonalny“ (provinsial), Bolgariyada „v provinsiyata“, „v provinsiyax“; „provinsialen“, „provinsialniy“. Bundan tashqari Avstraliyada „provinsial“ iborasi shtat poytaxtidan tashqaridagi hududlarga aytiladi.
Fransuz inqilobigacha Fransiyaning baʼzi qismlari provinsiya deb atalgan. Biroq koʻpincha provinsiya deb sobiq oʻrta asrda tashkil etilgan knyazliklarni yoki ularning jamoalari yerlariga nisbatan aytilgan. Bugungi kunda „province“ iborasi „en région“, „région“ iboralari bilan almashib ikkinchi darajali hukumatga nisbatan ishlatiladi.
Italiyada „in provincia“ iborasi asosan „eng yirik mintaqaviy poytaxtlardan tashqarida“ (Rim, Milan, Neapol va boshqalar) degan maʼnoni anglatadi.
1719-1775-yillarda privinsiya Rossiya imperiyasining maʼmuriy-hududiy birliklaridan biri edi.
Shimoliy Amerikadagi ingliz kolonniyalari koʻpincha provinsiya deb atalgan. Oʻn uchta koloniyaning koʻpchiligidan kelajakda AQSHni tashkil topishida ishtirok etgan. Ularning barchasi mustaqillikka erishgandan soʻng oʻzlarini davlatlar („shtatlar“) deb eʼlon qilishdi. Konnektikut, Delaver, Rod-Aylend va Virjiniya koloniyalari hech qachon „provinsiya“ deb atalmagan.
Kanadani tashkil etuvchi hududlar ham provinsiya deb ataladi. Konfederatsiyalar mavjud boʻlgan davrlarda faqat Birlashgan Kanada provinsiyasi provinsiya deyilgan. Boshqa koloniyalar provinsiya deb Kanada konfederatsiyasi tashkil topgandan soʻng atala boshlandi.
Bugungi kunda lotincha „provincia“ soʻziga yaqin iboralarni Argentina, Kanada, Belgiya, Ispaniya, Indoneziya va boshqa baʼzi bir davlatlar hududiy qismlariga nisbatan ishlatiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
| Vikiiqtibosda Provinsiyaga tegishli iqtiboslar mavjud. |