Kontent qismiga oʻtish

Taksila

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Taksila (yunoncha Taxila, qadimgi hindcha Takxasila yoxud Takshashila) — qadimda Hindiston yarim orolning shimoli-gʻarbidagi shahar (hozirgi Pokistonning Ravalpindi shahridan 35 km narida), Gandxara davlati poytaxti. Miloddan avvalgi 3II asrlarda Taksila Mauriyalar imperiyasi shimoli-gʻarbiy qismining maʼmuriy markazi boʻlgan. Taksilaning eng qadimgi arxeologik qatlami mil. av. VI asrga oid. Taksila savdo va hunarmandchilikning yirik markazi, hind, ellin, Eron va Oʻrta Osiyo madaniyatlari mujassam boʻlgan shahar edi. U shuningdek, qadimgi hind fani va maorifi markazi sifatida ham mashhur. Taksila V asr ning 2-yarmida eftaliylar bosqinida qattiq shikastlangan, aholi shaharni tashlab keta boshlagan va VII asrga kelib tashlandiq holga kelgan. 1913-yildan boshlab olib borilayotgan arxeologik qazish ishlari qadimgi hind jamiyatining turli jabhalarini oʻrganishga doir qimmatli materiallar berdi.