Kontent qismiga oʻtish

Zarra

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zarra — oz sonli elementar zarralardan tashkil topgan modda ulushlari. Mas, tutun zarrlari, chang zarralari, havodagi suv zarralari, molekulalar, atomlar, yadrolar, nuklonlar va b. Oʻlchamlariga qarab zarra makrozarralar yoki mikrozarralarga boʻlinadi. Makrozarralar mikrozarralardan tashkil topadi. Mikrozarralar (atom yadrosi, elektronlar, nuklonlar, mezonlar, giperonlar, ukvant va hokazo) spinlari qoʻshilgan holda maʼlum yoʻnalishda harakatlanishi Z.larning qutblanishi deyiladi. Ichki tuzilishiga qarab murakkab yoki oddiy zarraar boʻladi. Murakkab zarralar oddiy zarralardan iborat. Zarra qandayligidan qatʼi nazar, energiya, impuls, massa va b. xususiyatlarga ega. Dastlab 3. va uning xususiyatlari oʻzgarmas, har qanday zarra yanada maydaroq zarrlardan iborat, deb hisoblanardi. Tekshirishlardan maʼlum boʻldiki, zarralardan baʼzilari butunlay oʻzgarishi, oʻz tarkibida boʻlmagan yangi zarralar paydo qilishi, hatto oʻziga moye antizarralar bilan toʻqnashganda tamomila yoʻqolib, elektromagnit maydon hosil qilishi mumkin ekan (qarang: Antizarralar, Annigilyasiya). Zarra tushunchasi maydonlar nazariyasi va toʻlqinlar nazariyasida ham koʻp ishlatiladi. Tinch turgan modda Z.lari massaga ega, elektromagnit maydon zarralari — fotonlar esa tinch turganda massaga ega boʻlmaydi. Zarralar sistemasi nazariyasida (jumladan, qattiq jismlar nazariyasida) tekshiriladigan hodisalarning roʻy berishida koʻp zarrlar maʼlum jihatdan haqiqiy moddiy zarralarga oʻxshash boʻlgani uchun yordamchi tushuncha sifatida kvazizarralar tushunchasi bilan ish koʻriladi, mas, fonon, polyaron, eksiton, magnon, plazmon va b. (yana qarang: Elementar zarralar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil