bor
bor I
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bor
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BOR ТжРСda bor I, bore shakllarida keltirilgan bu numerativ (79) oʻzbek tiliga 'karra', 'marta' maʼnosi bilan qabul qilingan (OʻTIL, I, 130: bor P).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
BOR ’mavjud\ B o r odamlarni anihlang. 0 Yeningizda hancha pulingiz b o r ? Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz asli ba-r tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, II, 62); keyinroq a: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (Devon, III, 161; DS, 83); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: ba:r > bar > bâr.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Qoʻlda, ixtiyorda yoki umuman voqelikda mavjud boʻlgan; mavjud. ◆ Bor imkoniyatlardan foydalanmoq. ◆ Bor kishilar bilan ish boshlamoq. ◆ Bor mablagʻlarni aniqlamoq. ◆ Otabek bir oz kuchini yigʻib olgach, hiqildoqni bor kuchi bilan siqa boshladi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
- kesim vazifasida. Boʻladi; mavjud. ◆ Bugun majlis bor. ◆ Otangiz bormi? ◆ Koʻngildan koʻngilga yoʻl bor. Maqol ◆ Oʻz doʻstim deb sir aytma, Doʻstingning ham doʻsti bor. Maqol ◆ Xoʻsh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkentda nima gaplar bor? Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Inson borki, hammasi orzu-umid, maqsad va niyat bilan yashaydi. Gazetadan ◆ Azizaning tikilib turgan koʻzlarida dahshat aralash gʻazab bor. O‘tkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ ◆ Qirq oʻgʻilning orasida bir yolgʻiz qiz bor edi. Usmon baxshi Mamat oʻgʻli, „Boʻtakoʻz“ ◆ Hali tong otishiga ancha bor. Said Ahmad, „Saylanma“
Bormisiz yoki Bor ekansiz-ku! - uzoq vaqt koʻrinmay, bedarak boʻlib ketgan kishi kelganda yoki biror kishi koʻngildagidek ish qilganda, unga xitoban, minnatdor ohangda ishlatiladigan ibora. ◆ Usta Olim keluvchining istiqboli uchun oʻrnidan turdi: -E usta Farfi, keling, keling, bormisiz! - dedi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Bor boʻling! - yashab yuring, oʻlmang (koʻpincha "hormang!" soʻziga javoban ishlatiladi). ◆ [Davlatyor:] -Hormang, oʻrtoq muallim! Elmurod toʻxtadi: -Ha, bor boʻling, ishlar qalay? Parda Tursun, „O‘qituvchi“ ◆ -E, ha, bor boʻling, oyim qiz, - dedi Elmurod, - ishlaringiz qalay, hech koʻrinmaysiz? Parda Tursun, „Oʻqituvchi“ - Boylikka, davlatga ega boʻlgan; boy, badavlat. ◆ Bor boʻlsang, koʻrolmaydi, yoʻq boʻlsang, berolmaydi. Maqol ◆ Bor maqtansa, topilur, yoʻq maqtansa, chopilur. Maqol ◆ [Yormat:] Uka, bor-boricha, yoʻq holicha, ishqilib, bir kunimiz oʻtib turibdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
- Qancha boʻlsa - shuncha, hammasi boricha. ◆ Bor gapni aytib bermoq. Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi. "Qanotli soʻzlar" ◆ Yovvoyi choʻl buyuk kenglikda menga borin ochib tashladi. I. Rahmon, „Yurak qirralari“
Aytganicha (yoki deganicha, maqtanganicha) bor - xuddi aytganidek, shunday deb aytishga (deyishga, maqtashga) arzirli. ◆ -Toʻybekaning maqtaganicha bormi? -Bor, - dedi qutidor, - ..xudo kishiga oʻgʻil bersa, shundayini bersin-da. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Qosimjon boyvachchaning uylariga koʻp kelaman-da, bilaman. Arslon, arslon deganicha bor. Abdulla Qahhor, „Millatchilar“
Bor boʻyicha - 1) boshidan-oyoq; butun borligicha. ◆ Bor boʻyicha suratga olmoq; 2) koʻchma toʻliq ravishda, butunicha. ◆ Masalani bor boʻyicha qoʻymoq.
Boʻlsa bordir - balki shundaydir; ehtimol; shunday boʻlsa ajab emas. ◆ Kelgan boʻlsa bordir. ◆ Aytgan boʻlsa bordir.
Jon bor - asos bor, toʻgʻri. ◆ Bu gapingizda jon bor. Nazir Safarov, „Jasoratning davomi“
Shunisi (yoki shunchaligi) ham borki - Shuni ham aytish kerakki.. Shuni ham eʼtiborga olish kerakki.. ◆ Ammo shunisi ham borki, keyingi vaqpiarda Azizbek Qoʻqonning yorliq va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Es (yoki Aql) borida - vaqtni qoʻldan bermay, oʻz vaqtida. ◆ Yusufbek hoji:] Hozir sizlarga ikki yoʻl bor: oʻgʻil-qizingni sotib boʻlsa ham, oʻttiz ikki tangani Azizbek xazinasiga toʻlash yoki es borida etakni yopib, Azizbekni oradan koʻtarish. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
Qoʻli bor - ishtiroki bor, ishtirok etgan, qatnashgan. ◆ [Mansur:] Zuhraning yoʻqolishida bu afandining qoʻli bor. Ishi tergovga berilsin. Ziyo Said, Nazir Safarov, „Tarixtilga kirdi“ - 3-sh. egalik qo‘shimchasini olgan otlar bilan "biror narsaga ega" maʼnosidagi tarkibli sifat hosil qiladi. ◆ Puli bor odam. ◆ Qizi bor uy doim sarishta. Maqol ◆ O‘gʻli borning oʻrni bor, Qizi borning qadri bor. Maqol ◆ Har bir aqli bor odam qovunga piyoz qoʻshib yeyish notoʻgʻri ekanini bilsa kerak? Abdulla Qahhor, „Munofiq“
- Ritorik soʻroq gaplarda "aslida yoʻq, mavjud emas, topilmaydi" kabi inkor maʼnolarini ifodalaydi. ◆ Dunyoda toʻgʻri yashab, yurtga xizmat qilib oʻtishdan ortiq baxt bormi inson bolasi uchun? To‘xtash Ashurov, „Oq ot“ ◆ Axir, insof, vijdon degan narsa bormi sizda? Said Ahmad, „Yulduz“
bor II
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bor
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]\f. jL — marta
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]kt. Marta, dafʼa, karra. ◆ Bir terining ichida qoʻy necha bor semirib, necha bor ozar. Maqol. ■■◆ Ravshan uning chehrasiyu chuqur botgan koʻmarida ilk bor iztirobtantanasini koʻrdi. "Yoshlik".◆ Bu borada Abduvahhob bilan koʻp bor maslahat-lashgandi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki soya bor. ◆ Sirasini aytganda, ming bor eshitgandan bir bor koʻrgan afzal. "Oʻzbekiston quriqlari".
bor III
[tahrirlash]Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]bor
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]lot. borum, borax < a. — tanakor; selitra
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Mendeleyev davriy sistemasi 111-guruhidagi kimyoviy element. ◆ Mineral suvlarning shifobaxshligi sababi ularning tarkibida.. yod, brom, bor, litiy, bariy, stronsiy kabi moddalar boʻlishidir. "Fan va turmush"
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БОР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]bor
Tillarda
[tahrirlash]Ruscha ru
bor I
1 есть, имеется; существует, налицо; // имеющийся, существующий, наличный; ◆ suv ~ joyda oʻsimlik ~ там, где есть вода, есть и растения; ◆ joni ~ning gʻami ~ посл. (букв. у кого есть душа, у того есть и заботы) у всякого существа свой заботы; ◆ (mening) ishim ~ у меня есть дело; я занят; ◆ otasi ~ida когда был ещё жив его отец, при жизни отца; es (или aql)◆ ~ida пока есть разум, пока есть память; пока не поздно; ◆ ~mi? 1) есть ли?; нет ли?; ◆ qalamingiz ~mi? есть ли у вас карандаш?; ◆ aqlingiz ~mi? (букв. у вас есть ум?) вы в своём уме?; 2) как только, лишь только; ◆ uning jahli chiqsa ~mi если только он рассердится; ◆ bir lekini ~ есть одно «но»; ◆ shunisi ~-da вот то-то и оно; ◆ bir gap ~ 1) есть один разговор; 2) что-то есть; ◆ gapning tagida gap ~ за этими словами что-то кроется; ◆ bir ~ ekan, bir yoʻq ekan фольк. было-не было, жил-был (обычный зачин узбекских народных сказок); ◆ ~ boʻl(ing)! живи(те)!; здравствуй(те)! (приветствие, чаще всего употребляемое как ответ на приветствие "hormang!", см.); ◆ e, ~misiz? (букв. существуете ли вы?) где же вы были до сих пор?; где это вы пропадали?; ◆ ~ boʻyicha во весь рост; ◆ ~ kuchi bilan изо всех сил, что есть мочи; ◆ ~ ovozi bilan во весь голос, во всё горло; ◆ ~ odam 1) имеющиеся в наличии люди, присутствующие; 2) имущий, состоятельный человек;
2 то, что есть, имеется (в чем-л. распоряжении или достоянии); ◆ ~iga baraka см. baraka 3; ◆ ~ini tejab, yoʻqni yoʻndirib сберегая то, что было, доставая с трудом то, чего не было;
3 имущий, зажиточный; ◆ ~-~icha, yoʻq holicha погов. имущий - по своему достатку, а неимущий по возможностям; ◆ ~dan yukadi погов. передаваться (переходить) может от того, у кого имеется; ◆
- boʻlsa ~dir возможно, может быть, чем чёрт не шутит.
bor II
книжн. раз; ◆ bir necha ~ несколько раз.
bor III
хим. бор; // борный.
- Oʻzbek tili
- Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada turkiy soʻzlar
- Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada forschadan oʻzlashgan soʻzlar
- Oʻzbekchada lotinchadan oʻzlashgan soʻzlar
- Oʻzbekchada arabchadan oʻzlashgan soʻzlar