Sin (sulola)

Sin (aynan — toza) — Xitoyda hukmronlik qilgan mazkur imperatorlari sulolasi (1644 - 1911). Sin sulolasi hukmronligini 4 ta yirik davrga boʻlish mumkin: 1) manjurlarning Xitoyga bostirib kirganidan Min davlati chegaralarida Sin tuzumini oʻrnatilishigacha (1644—83; Shunchji va Kansi hukmronligi); 2) XVII asrning 80-yillaridan XVIII asrning 70-yillarigacha — Xitoyda Sin tuzumining nisbatan turgʻun ichki siyosati va Xalxadagi moʻgʻul knyazliklari, Amurdagi rus qishloqlari, Jungʻor xonligi, Tibet, Sharqiy Turkiston, Vyetnam, Birma, Nepal va boshqalarga nisbatan bosqinchilik yurishlari (Kansi, Yunchjen va Syanlun hukmronliklari) davri; 3) XVIII asrning 70-yillaridan XIX asrning oxirigacha, yaʼni Sin monarxiyasi XX asr oʻrtalarida kapitalistik davlatlar agressiyasi natijasida ichki nizolarning kuchayishi (Syanlun, Szyatsin, Daoguan, Syanfin, Tunchji, Guansyuy hukmronliklari) dav-ri; 4) 1894—95 yillardagi Yaponiya— Xitoy urushidan Sinlarning taxtdan voz kechgunlarigacha boʻlgan davr. Sin im-periyasi imperialistik davlatlarning yarim mustamlakasiga aylangan. Sinxay inqilobi natijasida Sin sulolasi hukmronligi agʻdarib tashlangan (soʻnggi manjur imperatori Pu I 1912-yil 12 fevralda taxtdan rasman voz kechgan).
Sin sulolasi imperatorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. Shunchji (1638-1644-1661).
2. Kansi (1654-1661-1722).
3. Yunchjen (1678-1722-1735).
4. Syanlun (1711-1735-1796-1799).
5. Szyatsin (1760-1796-1820).
6. Daoguan (1782-1820-1850).
7. Syanfen (1831-1850-1861).
8. Tunchji (1856-1861-1875).
9. Guansyuy (1871-1875-1908).
10. Pu I (1906-1908-1912-1967).
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Shodmon Vohidov, Alisher Qodirov "Sharqning mashhur sulolalari".
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |