Kontent qismiga oʻtish

Trabzon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Trabzon, Trapezund — Turkiyaning shim.sharqiy qismidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. Trabzon elining maʼmuriy markazi. Aholisi 215 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, kemasozlik, qurilish materallari, tamaki sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda zigʻir va jundan turli buyumlar tayyorlanadi. Universitet, aeroport mavjud.

T. mil. av. VIII asr oʻrtalarida barpo qilingan. Muhim port va savdo markazi boʻlgan. Mil. av. II asrda rimliklar bosib olgan. 1204—1461-yillarda Trapezund saltanatining poytaxti. 1461-yildan turklar qoʻl ostiga oʻtgan. Meʼmoriy yodgorliklardan jome masjidlari, cherkovlar, qalʼa (XIII asr) va boshqa saqlangan.