Kontent qismiga oʻtish

Audit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Audit — korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xoʻjalik faoliyatini tekshirib borish, ular hisobotini ekspertizadan oʻtkazishdir.

Audit (lotincha audit — eshitaman) — mijoz moliyaviy hisobotlari, buxgalteriya tizimi maʼlumotlari va korxonaning ichki hamda tashqi manbalaridan qoʻshimcha maʼlumotlarni toʻplash va tekshirishga yoʻnaltirilgan faoliyat.

Auditor (Certified public accountant) auditorlik malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan, maʼlumot va tajriba boʻyicha talablarga javob berganligi uchun maxsus tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan va shu asosda auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi berilgan shaxs.

Auditorlik xulosasi (auditors' standard report) — mijoz moliyaviy hisobotlariga doir oʻtkazilgan audit tekshiruvi natijalarini ushbu hisobotlardan tashqi foydalanuvchilarga yetkazishga moʻljallangan hujjat. Auditorlik xulosasi kirish, tahliliy (asosiy) va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.

Auditorlik faoliyatining milliy standartlari (National auditing standards) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Respublikada auditorlik faoliyati sifatining yuqori darajada boʻlishini taʼminlashga qaratilgan. Mustaqil auditorlarga qoʻyiladigan talablar majmuyi.

Auditning ichki va tashqi turlari bor. Ichki audit — bank xodimlarining oʻz vazifalarini samarali bajarishlarida yordam berish maqsadida bank faoliyatini tekshirish va baholash uchun bank ichida doimiy asosda tashkil etilgan mustaqil ekspertiza. Tashqi audit oʻzaro mustaqil tomonlar (korxona va auditorlik firmasi) oʻrtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditda korxona moliyaviy hisobotining toʻgʻriligiga baho beriladi, uning amaldagi qonunchilikka mos kelishi tasdiqlanadi. Audit yoʻnalishiga koʻra umu-miy audit (korxonalar, birlashmalarning tashkiliy-huquqiy shakli hamda mulkchilik turlaridan qatʼi nazar), bank auditi, sugʻurta tashkilotlari auditi, investitsiya institutlari auditi va boshqalarga boʻlinadi[1]. IIIIIIII

Auditor firmalar odatda aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat koʻrsatadi va toʻliq mustaqillikga ega boʻladi. Ular, oʻz ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat koʻrsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni taʼminlaydi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil