Azob (boshqa nomlari: uqubat, aziyat, qiynalish) deb biror zarar yetganda yoki zarar yetishi ehtimoli paydo boʻlganda vujudga keladigan jismoniy holat yoki ruhiy[1] yoqimsiz hissiyotlar majmuiga aytiladi. Azob salbiy affektdir[2].
Azob (arab. — qiynoq) — shariatda gunoh uchun belgilangan jazo. Gunoh uchun qozi tomonidan belgilanadigan jazo ham, narigi dunyoda beriladigan jazo ham azob deb atalgan[3].
Azob turli darajada taʼsir etishi, kuchsiz yoki kuchli boʻlishi mumkin. Bu intensivlikka davomiylik va tez-tezlik faktorlari taʼsir qiladi. Azob ongli mavjudotlar hayotlarida turlicha namoyon boʻladi. Uni atrofdagilar payqamasligi yoki aksincha, u dramatik sodir boʻlishi mumkin. Inson faoliyatining koʻp sohalari azobni yengish (psixologik yordam, tibbiyot, yupatish) yoki ishlatish (qiynash, jazolash) ga qaratilgan.