Kontent qismiga oʻtish

Blida

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Blida — Jazoir shimolidagi shahar. Blida viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi — 171 ming kishidan ziyod. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Muhim savdo markazi. Oziq-ovqat (un tortish, konserva, vinochilik), kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari va aerodrom bor; zaytun moyi va xushboʻy dorivorlar ishlab chiqariladi. Sitrus mevalari yetishtiriladigan rayon markazi. Uncha katta boʻlmagan toʻqimachilik fabrikalari bor. XVI asrda tashkil etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil