Kontent qismiga oʻtish

Chivinlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pashshalar

Image
Sariq bezgak chivini Aedes aegypti vakillari, chapda erkak, markaz va oʻngda urgʻochilari.

Pashshalar(Nematocera; Oʻzbekiston hududining ayrim viloyatlarida bu hasharot pashsha deb nomlanadi) – ikki qanotli hasharotlar kenja turkumi[1]. 20 mingdan ortiq turi, 35 oilasi bor. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Koʻpchilik pashshalarning tanasi va oyoqlari ingichka, juda uzun. Asosan, lichinkalik davrida oziqlanadi[2]. Lichinkasining ogʻiz apparati kemiruvchi tipda. Pashshalar suvda, nam tuproqda, oʻsimliklar toʻqimasida va chirindilar orasida yashaydi. Voyaga yetgan pashshalar havoda hayot kechiradi, kamdan-kam turi (masalan, yapon dengiz pashshasi)ning barcha rivojlanish fazasi suvda oʻtadi. Pashshalarga gʻurra yasarlar, zamburugʻ pashshalari, uzunoyoq pashshalar, jarangdor pashshalar, qon soʻrar pashshalar, zahkashlar, iskaptoparlar, bukri pashshalar va boshqa oilalar kiradi. Pashshalar oʻsimlik toʻqimasi, odam va hayvon qoni bilan (bunda yuqumli kasalliklarni tarqatadi) oziqlanib zarar keltiradi[3]. Qon soʻradigan pashshalar turli yuqumli kasalliklarni (masalan, bezgak, leyshmanioz) tarqatadi. Pashshalar hasharotxoʻr hayvonlar (qushlar, koʻrshapalaklar)ning, ularning suvdagi lichinkasi esa suv hayvonlari, ayniqsa, yosh baliqlarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston faunasida haqiqiy pashshalar (25 ga yaqin tur), bukri pashshalar (51 tur), zahkashlar (60 tur), iskabtoparlar (17 tur) keng tarqalgan[4].

  1. Виноградова Е. Б., Карпова С. Г.. Сезонные и суточные ритмы кровососущих комаров. СПб.: Зоологический институт РАН, 2010. ISBN 978-5-98092-092-6. 
  2. Шарков А. А.. Кровососущие комары (Diptera, Culicidae) Мурманской области. Петрозаводск: Изд-во "Карелия", 1980. 
  3. Кухарчук Л. П.. Экология кровососущих комаров (Diptera, Culicidae) Сибири. Новосибирск: Наука, 1981. 
  4. Николаева Н. В.. Экология личинок кровососущих комаров Южного Ямала. Свердловск: Уральский НЦ АН СССР, 1980.