Kars
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kars — Turkiyadagi shahar. Kars elining maʼmuriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshi). Sut chorvachiligi va qoʻychilik rayoni markazi. Toʻqimachilik hunarmandchiligi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Kars qadimgi qalʼa oʻrnida bunyod etilgan. XI asr oʻrtalaridan Vizantiya hukmronligi ostida, 1074 yildan turk saljuqlari tomonidan egallangan. XIII—XVI asrlarda Gruziya, XVI asrdan Usmonli turklar saltanati tarkibida. XIX asrdagi Rossiya-Turkiya urushi vaqtida urush harakatlarining asosiy obʼyekti boʻlgan. 1878 yil San-Stefano (Istanbul shahri yonida) tinchlik shartnomasiga muvofiq Rossiyaga, 1921 yil Kars shartnomasiga muvofiq Turkiya tarkibiga kirgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |