Lewis Hamilton
| Lewis Hamilton | |
|---|---|
|
Hamilton in 2025 | |
| Tavalludi |
Lewis Carl Davidson Hamilton 1985-yil 7-yanvar |
| Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik[1][2][3] |
| Otasi | Anthony Hamilton |
| Imzosi | |
![]() | |
| Lewis Hamilton | |
|---|---|
| Millati |
|
| Jamoalar | Ferrari |
| Avtomobil raqami | 44[4] |
Sir Lewis Carl Davidson Hamilton (1985-yil 7-yanvarda tug‘ilgan) — britaniyalik avtopoygachi bo‘lib, u Formula 1 musobaqalarida Ferrari jamoasi safida qatnashadi. Hamilton Formula 1 jahon chempionatida rekord darajada yetti marta g‘olib chiqqan bo‘lib, u bu natijasi bilan Michael Schumacherga tenglashgan. Shuningdek, u Formula 1 da eng ko‘p Grand pri g‘alabalari, eng ko‘p pole-pozitsiyalar va eng ko‘p podium natijalarini qo'lga kiritish bo'yicha rekordlarga ega.
Stevenage shahrida tug‘ilib o‘sgan Hamilton o‘z faoliyatini olti yoshida kartingdan boshlagan. U qisqa vaqt ichida bir nechta milliy chempionliklar g'olibligini qo‘lga kiritib, Ron Dennisning e’tiborini tortdi. Dennis 1998-yilda Hamiltonni McLaren–Mercedes Yosh haydovchilar dasturiga qabul qildi. 2000-yilda Karting bo'yicha jahon va Yevropa chempionatida g‘olib chiqqanidan so‘ng, Hamilton yoshlar formulasi seriyalariga o‘tdi. Bu davrda u Formula 3 Yevropa seriyasi va GP2 seriyasi musobaqalarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng u 2007-yilda McLaren jamoasi bilan shartnoma imzoladi va Avstraliya Grand prisida qora tanli haydovchilar orasida Formula 1 da qatnashgan birinchi sportchi bo‘ldi. Debyut mavsumida Hamilton to‘rtta Grand prida g‘alaba qozondi hamda bir nechta rekordlarni o‘rnatib, mavsum yakunida Kimi Räikkönendan atigi bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi va jamoadoshi Fernando Alonso bilan teng ochko to‘pladi.
Hamilton o‘zining ilk jahon chempionligini 2008-yilda qo‘lga kiritdi. U mavsumning so‘nggi bosqichi bo‘lgan 2008-yilgi Braziliya Grand prisining oxirgi aylanasida hal qiluvchi quvib o‘tishni amalga oshirib, o‘sha paytdagi eng yosh jahon chempioniga aylandi. Jumladan, u 2010-yilda to‘rt nafar haydovchi ishtirok etgan chempionlik kurashida ham qatnashdi.
Ilk hayoti va ta’limi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lewis Carl Davidson Hamilton 1985-yil 7-yanvarda Stevenage, Hertfordshire shahrida tug‘ilgan[6][7]. Uning otasi Anthony Hamilton kelib chiqishi afro-grenadiyalik, onasi Carmen Larbalestier esa oq tanli britaniyalik bo‘lib, Birmingham shahrida tug'ilgan[8]. Shu sababli Hamilton turli irqlardan kelib chiqishga ega hisoblanadi[9][10].
Hamilton ikki yoshga to‘lganida ota-onasi ajrashgan. Shundan so‘ng u 12 yoshigacha onasi hamda opalari — Samantha va Nicola bilan birga yashagan[11]. Keyinchalik u otasi, o‘gay onasi Linda va uning o‘gay ukasi Nicolas bilan yashay boshlaydi. Uning o'gay ukasi Nicolas ham professional avtopoygachi hisoblanadi[12][13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Hamilton to keep 44 as car number“. GP Update. 2014-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-noyabr.
- ↑ Cary, Tom. „Anthony Hamilton's massive support makes parting with Lewis easier to understand“. The Daily Telegraph (2010-yil 3-mart). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-may.
- ↑ Hamilton, Lewis. Lewis Hamilton: My Story. HarperSport, 2007 — 33-bet. ISBN 978-0-00-727005-7.
- ↑ Kelso, Paul. „Profile: Lewis Hamilton“. The Guardian (2007-yil 20-aprel). 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-iyun.
- ↑ „FreeBMD Entry Info“. freebmd.org.uk. 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
- ↑ Wolff, Alexander „Better Than Sex“ (2007-yil 12-iyun). 2008-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 21-avgust.
- ↑ „Being F1's first black driver is important“. lewishamilton.com. 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-mart.
- ↑ Mathé, Charlotte „10 Things About ... Lewis Hamilton“. Digital Spy (2014-yil 12-iyul). 2020-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-noyabr.
- ↑ The Life of Formula 1 Champ Lewis Hamilton (Full Segment) | Real Sports w/ Bryant Gumbel | HBO.
- ↑ Matt Dickinson.. „Lewis Hamilton admits: 'I just don't know how I kept my cool'“. The Times (2008-yil 3-noyabr). 2009-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-may.
- ↑ „Lewis Hamilton Biography – Trivia“. The Biography Channel. London: thebiographychannel.co.uk. 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-may.
