Migren
| Migren | |
|---|---|
|
| |
| KXK-10 | G43.0 |
| KXK-9 | 346 |
| OMIM | 157300 |
| MedlinePlus | 000709 |
| eMedicine | neuro/218 neuro/517 emerg/230 neuro/529 |
Migren (fransuzcha: migraine), miya ogʻrigʻi, bosh ogʻrigʻi yoki gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin qaytalanadigan bosh ogʻrigʻi[1]. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishidan kelib chiqadi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga moyillik sabab boʻladi. Migren aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, uning ogʻir-yengilligi yosh ulgʻayishi bilan oʻzgaradi. Bu — turmush tarziga, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilmaslik, muntazam ovqatlanmaslik, chekish, shovqin, ravshan yorugʻlikka tasirchanlik, xotin-qizlarda esa hayz sikli oʻzgarishiga bogʻliq. Huruj oldidan bemor, koʻpincha, tashnalik, ochiqish sezadi, kayfiyati oʻzgaradi, mudroq bosadi va hokazo. Ogʻriq tutganda koʻz oldi jivirlab, har xil narsalar koʻrinadi.
Migrenda, odatda, har doim boshning oʻng yoki chap yarmi (koʻpincha, chakka qismi) ogʻriydi, bosh aylanadi, yoruqqa qaray olmaydi, bemorning koʻngli aynib, qayt qiladi, shundan keyin ogʻriq bir oz bosiladi.
Migren xuruji 2–3 soatdan bir necha sutkagacha choʻzilishi mumkin. Xurujlar oʻrtasidagi davrda bemor butunlay sogʻlom boʻladi. Migrenning miyacha (asinergiya) va koʻzga aloqador (diplopiya, ptoz) xillari mavjud.
Davosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qon tomirlarni kengaytiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi preparatlar, shuningdek, fizioterapiya va igna sanchib davolash buyuriladi. Bemor shifokor nazorati ostida davolanishi lozim.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Headache disorders Fact sheet N°277“ (2012-yil oktyabr). 2016-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-fevral.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |