Kontent qismiga oʻtish

Berlin

Berlin
Poytaxt shahar va munitsipalitet
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
52°31′0″N 13°23′0″E / 52.51667°N 13.38333°E / 52.51667; 13.38333
Mamlakat Germaniya
Shtay Berlin
Hukumat
  Mayor Kai Wegener (CDU)
Maydon 891.7[1] km2 (344.3 kv mi)
Markazi balandligi 34 m
Iqlim turi Moʻtadil va sernam
Aholisi
 (31-dekabr 2020-yil)[2]
3 664 088
Vaqt mintaqasi UTC+1
Berlin xaritada
Berlin
Berlin

Berlin (nemischa talaffuzi: [bɛʁˈliːn])[3] Germaniya poytaxti va eng yirik shahridir[4][5]. Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Bu shahar Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda, Shimoliy va Boltiq dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida joylashgan. Maydoni — 891.7 km2[1] Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp.

Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244-yilga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486-yildan Brandenburg gersogligi poytaxti boʻlgan. XVII asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisi tez oʻsdi. XIX asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edi. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945-yilgacha Berlin Germaniyaning eng yirik fan, madaniyat va siyosiy markazi boʻlgan. 1933—1945-yillarda Berlin gitlerchilar „uchinchi reyxi“ning poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomonidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945-yil 2-mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet Ittifoqi, AQSh, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Germaniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va Germaniya Demokratik Respublikasi aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961-yilda „Berlin devori“ (Sharqiy Germaniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989-yil 9-noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (qarang Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Germaniya) va GDR (Sharqiy Germaniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990-yil 3-oktabr dan kuchga kirdi va birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi.

Image
Berlinning sunʼiy yoʻldosh orqali olingan surati.
Image
Berlin cheti (tashqarisi) oʻrmonlar va koʻplab koʻllar bilan oʻralgan.

Iqlimi moʻtadil, sernam;[6]. oʻrtacha yillik temperatura 8,4 °C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°C, iyulniki 18 °C. Bir yilda oʻrtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Image
Berlin aholisi, 1880-2012

Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939-yilda 4,3 million, 1945-yilda 2,8 million va 1995-yilda 3,4 million. Hozirga kelib, 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, ushbu shahar aholisi 3 664 088 nafarni tashkil etadi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
172165 300    
1750113 289+73.5%
1800172 132+51.9%
1815197 717+14.9%
1825220 277+11.4%
1840330 230+49.9%
1852438 958+32.9%
1861547 571+24.7%
1871826 341+50.9%
18801 122 330+35.8%
18901 578 794+40.7%
19001 888 848+19.6%
19102 071 257+9.7%
19203 879 409+87.3%
19254 082 778+5.2%
19334 221 024+3.4%
19394 330 640+2.6%
19453 064 629−29.2%
19503 336 026+8.9%
19603 274 016−1.9%
19703 208 719−2.0%
19803 048 759−5.0%
19903 433 695+12.6%
20003 382 169−1.5%
20103 460 725+2.3%
20153 520 031+1.7%
20203 664 088+4.1%
20223 755 251+2.5%
Fuqaroligiga koʻra istiqomat qiluvchilar (31-dekabr 2019-yil)[2]
MamlakatAholisi
Jami roʻyxatdan oʻtgan aholi3,769,495
Image Germaniya2,992,150
Image Turkiya98,940
Polsha Polsha56,573
Image Suriya39,813
Image Italiya31,573
Image Bolgariya30,824
Image Rossiya26,640
Image Ruminiya24,264
AQSH bayrogʻi AQSH22,694
Image Vyetnam20,572
Image Fransiya20,223
Image Serbiya20,109
Buyuk Britaniya bayrogʻi Buyuk Britaniya16,751
Image Ispaniya15,045
Image Gretsiya14,625
Image Xorvatiya14,430
Image Hindiston13,450
Ukraina Ukraina13,410
Image Afgʻoniston13,301
Image Xitoy13,293
Image Bosniya va Gersegovina12,691
Boshqa Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari88,241
Boshqa Yevropa mamlakatlari80,807
Afrika36,414
Boshqa Amerika mamlakatlari27,491
Okeaniya va Antarktika5,651
Fuqaroligi yoʻq aniq emas24,184

Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyo-farmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.

Berlin faqat Germaniyaning iqtisodiy markazi boʻlibgina qolmay, balki Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biridir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguii, bir necha vokzal va aeroportlar bor.

Berlin radial aylana reja asosida qurilgan va oʻz qiyofasini hozirgacha saqlagan. Shaharda oʻrta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (XIII-XIV asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—1791), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—1821) va Berlin saqlanib qolgan. Shaharda koʻplab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar va Berlin binolar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, A. Gumboldt nomidagi universitet (1809) va maxsus oʻquv yurtlari mavjud. Madaniymaishiy muassasalar: teatrlar. muzeylar, (ularda badiiy osori atiqalartoʻplangan), kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda koʻp. Hayvonot bogʻlari bor. 11-Olimpiada oʻyinlari (1936) boʻlib oʻtgan[7].

  1. 1 2 „Amt für Statistik Berlin Brandenburg – Statistiken“ (de). Amt für Statistik Berlin-Brandenburg. 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-may.(Wayback Machine saytida 2021-03-08 sanasida arxivlangan)
  2. 1 2 „Statistischer Bericht: Einwohnerinnen und Einwohner im Land Berlin am 31. Dezember 2019“ [Statistik bayonot: Berlinda istiqomat qiluvchilar (31-dekabr 2019-yil] (olmoncha). Amt für Statistik Berlin-Brandenburg 4, 10, 13, 18–22. Qaraldi: 8-aprel 2020.
  3. Kleiner, Stefan; Knöbl, Ralf; Mangold, Max. Das Aussprachewörterbuch, 7th, Berlin: Duden, 2015 229-bet. ISBN 978-3-411-04067-4. 
  4. Milbradt, Friederike. „Deutschland: Die größten Städte“ (olmoncha). Die Zeit (Magazin) (6-fevral 2019). Qaraldi: 24-noyabr 2019-yil.
  5. „Leipzig überholt bei Einwohnerzahl Dortmund – jetzt Platz 8 in Deutschland“ (olmoncha). Leipziger Volkszeitung (1-avgust 2019). 13-noyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2019.
  6. „Berlin, Germany Köppen Climate Classification (Weatherbase)“. Weatherbase. 2019-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2019.
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil