Malaga
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |

Malaga — Ispaniyaning janubiy qismidagi shahar, Andalusiya muxtor viloyatida. Malaga provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 528 ming kishi (1998). Oʻrta dengiz boʻyidagi muhim port (yiliga 7 mln. t yuk ortib-tushiriladi) baliq ovlash markazi. Oziq-ovqat va sanoati rivojlangan: vino, zaytun moyi, meva va baliq konservalari ishlab chiqariladi. Kime, neft kimyosi, metallsozlik, toʻqimachilik, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik) sanoati korxonalari mavjud. Iklim kurorta. Universitet, muzey bor.
M.ga miloddan avvalgi XI asrlarda finikiyaliklar tomonidan asos solingan. Arablar hukmronligi davrida (VIII asr) yirik shahar boʻlgan. XI asrdan amirlik markazi. 1487-yildan Kastiliya tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklaridan IX—XVIII asrlargaoid saroylar, qasrlar, sobor, cherkov va boshqa saqlangan. M.da Pablo Pikasso tugʻilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ispaniya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |