Praga
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Praga | |
|---|---|
|
| |
| 50°5′15″N 14°25′17″E / 50.08750°N 14.42139°E | |
| Mamlakat | Chexiya |
| Hukumat | |
| • starosta | Pavel Bém |
|
| |
Praga — Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻtadil, kontinental; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0 °C, iyulniki 19,2 °C. Yillik yogʻin 500 mm. Aholisi — 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928-yildan tilga olingan. X asrdan Chexiya davlatining poytaxti. Praga Yevropadagi yirik savdo shaharlaridan boʻlgan. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin Praganing mavqei pasaygan. XIX asr oʻrtalaridan yirik sanoat shahriga aylandi. 1918-yildan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939-yilda Pragani nemis fashistlari bosib olgan. 1945-yil 9-mayda ulardan ozod qilindi. 1993-yilgacha Chexoslovakiya poytaxti.
Praga — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Praga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlikning turli sohalari: avtomobilsozlik, samoletsozlik, motorsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, Musiqa sanʼati va Tasviriy sanʼat akademiyalari, universitetlar, shu jumladan, Karl universiteti (1348), milliy muzey, milliy galereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va boshqa bor.
Pragada X—XVIII asrlarga oid meʼmoriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qalʼasi, gotika sobori (11 —XVI asrlar), Qirol saroyi (XII—XVIII asrlar), Belveder saroyi (XVI asr) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va boshqa jamoat binolari qurilgan[1].

Praga (Chexcha: Praha) — Chex Respublikasining poytaxti.
- Karl ko'prigi
- Tom tasviri
- St. Vita sobori
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Praga shahrining rasmiy vebsayti (chexcha) (Wayback Machine saytida 2014-06-21 sanasida arxivlangan)
- Praga koʻchalari (rus.) (Wayback Machine saytida 2010-11-09 sanasida arxivlangan)
| Vikiomborda „Praga“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |